O‘zLiDeP vakillari bolajonlarga sovg‘alar ulashdi
31.05.2019, 17:56
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q.Babashev, O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S.Turmanov va bir guruh partiya faollari Respublika silga qarshi kurashish bolalar sanatoriyasida bo‘lib, u yerda davolanayotgan bolajonlar holidan xabar olishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q.Babashevning aytishicha, bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar o‘z ifodasini topgan.
“Bolalar bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning davomchilari hisoblanadi, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S.Turmanov. – Shu bois, har yili 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan partiya faollari bilan birgalikda bolajonlar holidan xabar olamiz. Zero, bolalik – inson hayotining beg‘ubor va oltinga teng davridir.
Uchrashuvda tashkilotchilar tomonidan bolajonlarga qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Kengashi
matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Bildirilgan fikrlar
Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2019-06-03 09:19:04
Болажанлар- бу умримиз гули, нурли келажагимиз. Уларга эътибор, уларни куллаб кувватлаш хар биримизнинг инсонийлик бурчимиз. Партиямиз рахбарлари тамонидан байрам мунасабатида курсатилган эътибор биз уйлаймиз болажанларимиз умрида унитилмас лахзалар булиб колади. Болажонларимиз бахтимизга сог омон булсин.
Рахманова Гульнара УзЛиДеП КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2019-06-01 08:58:17
Болажонлар- бу уримиз гули, бахтимиз,ва нурли келажагимиз асосчилари. Уларга канчалик гамхурлик килсак, ардокласак ва албатта эътибор килсак арзийди. Халкаро болалар куни байрами муносабати билан партиямиздан сайланган Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Қ.Бабашев, O‘zLiDeP Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши раиси С.Турмановлар ташаббуси билан эътиборга мухтож болажонларимиз холидан хабар олиниши ва байрам совгалари улашиши биз уйлаймиз уларнинг умрида унитилмас бахтли лахзалар булиб саналади . Бу каби хайрли ишлар барча туманларда хам давом этмокда. Барча болажонларимизни байрам билан табриклаймиз.