Namanganda “Birgalikda biz kuchmiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi
26.08.2019, 15:26
Shu kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi shodiyonalari oldidan bayramoldi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan “Birgalikda biz kuchmiz” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olganlar yuritimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida shaharu-qishloqlarimiz kundan-kunga obod va ko‘rkam hududlarga aylanayotganligi, tadbirkorlik va xunarmandchilik faoliyatlari yanada taraqqiy etib borayotganligi, mazkur islohotlarning tag zamirida asosiy etibor xalqimizni rozi qilish, ularning turmush farovonligini oshirishga qaratilganligini ta’kidlashdi.
Bugungi tadbir mahallalarimizdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj aholi vakillari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning xasta ko‘ngillariga quvonch ulashdi desam xech ham mubolag‘a bo‘lmaydi
deydi, - Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Namangan shahar Kengashi bosh mutaxassisi Sarvar Shodmonov. - O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan shahrimizdagi 7 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik aravachalari berildi. 100 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi vakillariga oziq-ovqat va kiyim-kechaklar tarqatildi. Buning uchun partiya vakillariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Tadbir davomida sportning boks, kikboks va taekvando turlari buyicha yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan yoshlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etishda faol ishtirok etayotgan bir qator boshlang‘ich partiya tashkilotlari esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Bayram tadbirida ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Ta’kidlash kerak, mustaqillik bayrami munosabati bilan viloyatning barcha tumanlar kesimida partiya faollari tomonidan shu kabi bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ibrohim SATTAROV
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring