Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masalasi
22.12.2017, 17:46
Hammamizga ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda yosh avlod vakillarini har tomonlama intellektual jismonan sog‘lom etib tarbiyalash hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash masalalariga e’tibor qaratilgan edi. Belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan kuni kecha Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
– Maktabgacha ta’lim muassasasi 3-7 yoshli bolalarni qamrab oladi, – deydi Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Sadoqat Ruzmetova. – Har bir inson umri davomida oladigan bilimlarining 70% ni ana shu davrda egallaydi. Yangi qurilayotgan uyning mustahkamligi uning asosiy negizi – fundamentiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning kelgusida qanday inson bo‘lib kamolga yetishi ko‘p jihatdan MTMda olgan bilimlariga bog‘liq.
– Avvallari bolalarimiz maktabgacha ta’lim muassasalarida faqatgina tarbiyalanar edilar, – deydi 21 sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Muhabbat Saidjanova. – Nabiram Urganch shahridagi 15 sonli MTM tarbiyalanuvchisi. Uni har kuni ertalab olib bog‘chaga borganimda rosa quvonaman. Sababi, farzandlarimizga e’tibor juda katta. Turli xil intellektual o‘yinlar, bilim beruvchi mashg‘ulotlar, chet tillaridagi multfilm va musiqalar bilan tanishtiriladi. Ovqatlanish, dam olishlari uchun sharoitlari juda yaxshi. Bunday sharoitlarda ertaga shu jajji bolalarimiz Yurtboshimiz kutganidek el-yurtga munosib farzand bo‘lib kamolga yetishiga ishonaman.
Nilufar JABBAROVA
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
Matbuot xizmati kotibi
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring