O‘zLiDeP sayxunobodlik yoshlarga tadbirkorlik bo‘yicha mahorat darsi tashkil qildi

25.02.2020, 18:39

O‘zLiDeP sayxunobodlik yoshlarga tadbirkorlik bo‘yicha mahorat darsi tashkil qildi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat hamda Sayxunobod tuman Kengashi hamkorligida “Tadbirkorlikni rivojlantirish yagona yo‘limiz” mavzuida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sayxunobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar, fermerlar, tuman davlat soliq inspeksiyasi, “Yoshlar - kelajagimiz!” jamg‘armasi tuman Kengashi filiali xodimlari hamda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, 2018 yilda 26 nafar yoshga 846 million so‘mlikdan ziyod kreditlar ajratilib 52 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 2019 yilda yoshlarga berilgan kreditlar miqdori 1 milliard 202 million 600 ming so‘mni tashkil qildi, - dedi “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Sayxunobod tuman filiali rahbari Ismoil Mo‘minov. - Buning natijasida 32 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Mazkur yilda 11 nafar tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yigit-qizlarga
1 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratish belgilangan.

Tadbir doirasida yoshlar tadbirkor Muhabbat Soibnazarovaning ish faoliyati bilan tanishdilar. O‘tgan yili yosh tadbirkor “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida “Sayxun shukronasi” MChJga asos soldi va
5 ta ish o‘rni yaratdi. Tuman hududidagi ko‘p qavatli uylar orasidan yer olib
56 kv.metr joyda qandolatchilik sexiga moslashtirib 3 xonali bino qurdirdi. Bugungi kunda u rahbarlik qilayotgan sexda 20 xil turdan ziyod qandolat mahsulotlari tayyorlanib, Sayxunobod tumanidagi va Baxt shahridagi savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda.

Ramesh Mahmudov tumanning “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida tuyaqushchilikni tashkil qilgan tadbirkorlardan. 2019 yilda ta’minotchi korxonalar orqali 9 ta tuyaqush olib parvarish qilishni boshlagan Rameshning tuyaqushlari hozirda 35 taga yetgan.

- “Asakabank” Sirdaryo viloyat filialidan 60 million so‘m miqdorida kredit olib tadbirkorlikni boshlagandim, - deydi “Sayxun Sohil” MChJ rahbari Ramesh Mahmirzayev. - Ishni tuyaqush va kurkachilikni rivojlantirishdan boshladim. Yaqinda 300 bosh oq Isroil kurkalariga buyurtma berdik. Bu kurkalarinig afzalligi shundaki, uning bittasi 40 kilogrammgacha tosh bosadi.

Ramesh Mahmirzayev tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlarga tuyaqushchilikni, kurkachilikni tashkil qilish, parrandalarni parvarishlashdan tortib, daromadni ko‘paytirish sir-asrorlari to‘g‘risida tushuncha berdi. Shuningdek, kelgusida mahalliy kurkalarni ko‘paytirish, tuyaqush terisidan poyabzal va sumkalar tayyorlash sexlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga partiya tuman Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dilorom  ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    765
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+