O‘zLiDePning Yangiobodda o‘tkazgan sayyor qabulida Mashhurbek Kulbekov ishli bo‘ldi
10.01.2018, 18:07
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan viloyatning olis Yangiobod tumanidagi Sarmich MFY, Xavotog‘ QFY hamda Yangiobod ShFY fuqarolari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda O‘zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, mahalla raislari va faollari ishtirok etdi.
Qabul davomida ijtimoiy muhofaza sohasiga oid masalalar hamda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi.
Sayyor qabul davomida Yangiobod tumani Sarmich MFYda yashovchi kollej bitiruvchisi Mashhurbek Kulbekov ishga joylashdi. U ancha vaqtdan beri o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topolmay yurgan edi. Ushbu masala yuzasidan M.Kulbekovning arzini eshitgan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi G‘.Xojiyev o‘zi rahbarlik qilayotgan “Sarmich bahori” fermer xo‘jaligiga ishga oldi.
Qabul davomida Ziyokor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar maxallada mavjud chiqindixona sanitariya talablariga javob bermasligi yuzasidan murojaat qilishdi. Ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi X.Nazarqulov tomonidan o‘rganilib, ma’sul idora rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi. Yaqin kunlarda mahalla aholisini qiynab kelayotgan yana bir muammo o‘z yechimini topishiga aminmiz.
A.YAKUBOV,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining
jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring