Dehqonoboddagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi

05.04.2021, 19:36

Dehqonoboddagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi

Yerga cho‘p suqsa, kurtak chiqaradigan ayni bahor paytida O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Dehqonobod tumanidagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona turli mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi.

Dastlab “Yangiobod”, “Beshbuloq” va “Bo‘ston” MFYda yashovchi kam ta’minlangan xonadonlarning har biriga 15 donadan olma, olxo‘ri, shaftoli, nok, anor, yong‘oq, o‘rik, gilos va boshqa mevali daraxtlarning payvandlangan ko‘chatlari berilib, ekish agrotexnikasi tushuntirildi, namuna sifatida bir nechta xonadonlarga ko‘chat o‘tqazib berildi.

-Hamkorlikda amalga oshirilayotgan bu xayrli tadbirlar kelgusida ham davom ettirilib, kunlar ilishi bilan Dehqonoboddagi “Ayollar daftari”  va “Yoshlar daftari”da qayd etilgan xonadonlarga pomidor, bulg‘or qalampiri ko‘chatlari hamda turli ko‘katlar urug‘lari bilan ta’minlanadi hamda parvarishlashga ko‘maklashiladi,- deydi O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Arziqul Sherov. – Bu tashabbus viloyat bo‘yicha keng yoyilib, barcha tumanlarda amalga oshiriladi. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va aholi xonadonlari daromadlarini oshirishda bu sa’y-harakatlarning ahamiyati nihoyatda katta.

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

axborot xizmati

  • Ko'rildi
    684
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+