O‘zLiDeP ekspertlar guruhi: tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan jihatlar o‘rganildi (+Audio)
29.08.2017, 16:56
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari hukumat portalida umuxalq e’tiboriga havola etilgan. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yangi bosqichini boshlab berayotgan ushbu loyihalar tadbirkorlik sub’ektlari uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Qizg‘in davom etayotgan loyihalar muhokamasi jarayonida tadbirkorlar fikrlarini o‘rgangan holda aniq takliflarni kiritish asosiy maqsad qilingan.
O‘zLiDeP faollarining ta’kidlashicha, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan har bir hujjat loyihalari yuzasidan partiya elektorat qatlami tadbirkorlar, fermerlar, ekspertlar guruhi ishtirokida umumlashtirilib, tizimli mexanizm joriy etilgan.
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17.01.2024, 16:31
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
Fikringizni qoldiring