MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi

03.11.2017, 17:43

MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi

Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. 

Majlisda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston Bosh vazirlari, Rossiya Hukumati raisi, Ozarbayjon va Turkmanistondan hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari, Moldovadan mamlakatning MDH ustavi doirasidagi va boshqa organlari huzuridagi muxtor vakili ishtirok etmoqda.

Hukumat rahbarlarining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda MDH davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan erkin fikr almashish, shuningdek, Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish sanasi yuzasidan kelishib olish ko‘zda tutilgan. 

MDH Hukumat rahbarlari kengashining Toshkentda ilk bor o‘tayotgan majlisi kun tartibiga 18 ta hujjat loyihalari kiritilgan. 
 
O'zA

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1077
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+