Aloqalarni kengaytirish uchun muhim platforma

07.12.2022, 11:35

Shaxnoza Xolmaxamatova,
Shaxnoza Xolmaxamatova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi doirasida MDH Yoshlar parlamentlararo assambleyasi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.

Yuqori darajadagi tayyorgarlik bilan tashkil qilingan mazkur Hamdo‘stlik davlatlari yosh parlamentariylarining navbatdagi yig‘ilishi delegatsiya a’zolari tomonidan alohida e’tirof etildi.

Sababi majlisda “NEET yoshlari” – 15-24 yoshdagi ishlamayotgan, o‘qimayotgan va kasb-hunar ta’limidan o‘tmayotgan yoshlar muammosini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bugungi kunda yoshlarning mehnat bozorida duch kelayotgan muammolari muhokama qilindi.

Hozirda butun dunyoda ham yoshlarning ishsizligi, iqtisodiy faolligining pastligi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti tasnifida “NYeYeT yoshlari” ishsiz va iqtisodiy faol bo‘lmagan yoshlarga bo‘linadi.

Shu bois, sessiya doirasida turli sabablarga ko‘ra ishsiz va iqtisodiy nofaol yoshlar muammolariga MDH davlatlari qanday kurashyapti, bu borada amalga oshirilgan davlat dasturlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston vakillari ishtirok etgan anjuman ishtirokchilariga mamlakatimizning hozirgi bosqichda yoshlar parlamentar tuzilmalarini rivojlantirish borasidagi tajribasi haqida so‘zlab berildi.

O’zbekistonda mahalla darajasida har bir yosh bilan ishlash, ko‘mak berish va qo‘llab-quvvatlash uchun yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani delegatsiya azolarining e’tiborini tortdi.

Ayniqsa, yurtimizda yoshlarga ta’lim olishi, bandligining ta’minlanishi, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi uchun turli ijtimoiy loyihalar tashkil qilinayotgani va eng muhimi ushbu loyihalar davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilayotgani mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Haqiqatdan ham, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan munosbat tubdan o‘zgardi. Qonun ijodkorligi jarayonlariga yoshlarni keng jalb qilish, shu orqali yoshlar muammolari yechimi bilan bog‘liq qonunchilikni takomillashtirishga harakat qilinmoqda. Yoshlar parlamenti a’zolari doimiy ravishda yoshlar ichida yurib, ularning muammolarini o‘rganib, ularni deputalar bilan birgalikda hal etayotir.

Shuningdek, yoshlar parlamentarizmi faol rivojlanmoqda. Senat va Qonunchilik palatasi huzurida yoshlar parlamentlari tashkil etilgan va izchil faoliyat yuritmoqda. Yosh qonunchilar ham yoshlar xalqaro hamkorligini faol qo‘llab-quvvatlamoqda – bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadam O’zbekistonda MYoPAning sayyor sessiyasini o‘tkazish bo‘ldi.

Umuman olganda, hamdo‘stlik davlatlari bilan yoshlar masalalari borasida 8 masala ko‘rib chiqildi va muhim qarorlar qabul qilindi. Shubhasiz, yoshlar muammolarini bartaraf qilish borasidagi halqaro doiradagi hamkorliklar har bir MDH davlatlari uchun manfaatli va samarali bo‘ladi.


  • Ko'rildi
    291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Булоқбоши туман Кенгаши раиси Р.Носиров2018-07-16 15:55:33

Мухтарам Президентимиз томонидан “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига нефрология ва гемодиализ ёрдами кўрсатиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори тиббиётнинг бу йўналишида мавжуд муаммоларни тезкорлик билан ҳал этиш,нефрологик касалликлардан азоб чекаётган шахсларга тиббий ёрдам кўрсатиш тизимини сифат жиҳатидан яхшилашдан иборатдир.


O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раиси Искандар Рўзиев2018-07-16 09:03:53

Тиббиётга кўрсатилаётган этибор ҳозирги кунда жуда юқори бўлияпти жумладан муҳтарам Президентимизнинг 12 июлдаги “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига нефрология ва гемодиализ ёрдами кўрсатиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилингани аҳолининг саломотлиги учун яна бир қулай имконият эканлигининг этироф этиш жоиз


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-07-16 08:47:15

Президентимиз томонидан “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига нефрология ва гемодиализ ёрдами кўрсатиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори тиббиётнинг бу йўналишида мавжуд муаммоларни тезкорлик билан ҳал этиш,нефрологик касалликлардан азоб чекаётган шахсларга тиббий ёрдам кўрсатиш тизимини сифат жиҳатидан яхшилашдан иборатдир.


Fikringizni qoldiring

+