Keyingi 5 yillik uchun eng mukammal dastur

27.09.2021, 11:55

Keyingi 5 yillik uchun eng mukammal dastur

Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur doirasida Narpay tumani misolida viloyatda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra Narpay misolida, tumanni “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha yangi tizim amalga oshiriladi.

Ayni paytda tumanda mehnatga layoqatli 14 ming ishsizlar mavjud. Shu bilan birga, 4 mingta oila kambag‘al toifaga kiritilganligi, tumandagi 57 ta mahallaning 11 tasi qizil va 33 tasi sariq mahalla toifasiga kirilganligini ta’kidlar ekan, endilikda tumandagi mahallalarga biriktiriladigan “hokim yordamchilari” lavozimlari joriy etilishini, ular mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish joylarni tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilinishini ta’kidladi. Tumanda sanoat sohasida 800 milliard so‘mlik 145 ta investitsiya loyihasi hisobiga 1,5 mingta ish o‘rni yaratilishini, jumladan, “Baxt”, “Guliston”, “Muqimiy” va “Tepa” mahallalarida 4 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilishi rejalashtirilganligini qayd etdi.

O’zLiDeP  nomzodining “Agar shu yangi tizim orqali ish samarali tashkil etilsa, 3 yilda nafaqat Narpayda, balki viloyatning boshqa hududlarida ham ishsiz odam va kambag‘al oila bo‘lmasligi kerak. Umuman, kelgusida Samarqandni ishsizlar va kambag‘allik yo‘q viloyatga aylantiramiz”, - degan so‘zlari samarqandliklar tomonidan keng olqishlandi.  Men  nomzodimizning nafaqat Samarqand viloyati balki respublikaning barcha viloyatidagi tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini biladigan kuchli iqtisodchi sifatida qadrlayman. Joriy yilning 24 oktabr sanasida barchani Shavkat Mirziyoyev nomzodining qo‘llab- quvvatlashga chaqiraman!

Farmon Ochilov,

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi kotibiyat mudiri

 

  • Ko'rildi
    504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+