Yaqin kunlarda “Pitnak panel” qo‘shma korxonasida yana 70 nafar ish o‘rni yaratiladi

15.02.2018, 12:44

Yaqin kunlarda “Pitnak panel” qo‘shma korxonasida yana 70 nafar ish o‘rni yaratiladi

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda 8 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Erkin iqtisodiy zona faoliyatini o‘rganish va loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish maqsadida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari Viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatligi guruhi a’zosi Sh.Safarbayev, EIZ direksiyasi bo‘lim mudiri M.Davletov, partiya Xazorasp tuman Kengashi xodimlari joriy yilning 8 fevral kuni “Pitnak panel” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.  

O‘tgan yil oktabr oyidan boshlab sendvich-panellari ishlab chiqarishni boshlagan edik, – deydi korxona rahbari Abdusharib Qurbanov. – Yaqin kunlarda korxonamizda yana 70 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxonaning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi natijasida 3,6 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Bundan 1,7 mln. dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlash kerak, EIZda shu kungacha 30,14 mln. dollarlik 15 ta loyihani amalga oshirish hisobiga elektroskuterlar, yuk motosikllari, sendvich panellar, kir yuvish mashinalari, bir martalik medetsina qo‘lqoplari va meditsina mahsulotlari, oyok kiyimlari, oboy va oboy yelimi, Damas va Labo avtomashinalarining ventilyatsiya tizimlari kabi import o‘rnini bosuvchi, eksporga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 2018 yilning 1-choragida esa yana 7 ta korxona ishga tushirilib, 7,2 mln. AQSh dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 144 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

                                                                           Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1996
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+