Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlarni O‘zLiDeP deputatlari tanqidiy muhokama qilishdi

17.02.2018, 17:05

Toshkent viloyatida  kichik sanoat zonalarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlarni O‘zLiDeP deputatlari tanqidiy muhokama qilishdi

Prezidentimizning “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining viloyat hududidagi ijrosini nazorat-tahlil tariqasida o‘rganish yakunlari yuzasiga bag‘ishlangan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.

Unda tadbirkorlar va ishbilarmonlar mutasaddi tashkilotlarga mazkur kichik sanoat zonasida o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishda ayrim kamchilik va muammolari borligi yuzasidan taklif hamda fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan,  kichik sanoat zonasi hududida ichki va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini shakllantirish loyihalari to‘liq ishlab chiqilmagani, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha hech qanday ishlar amalga oshirilmagani, qo‘shimcha yer maydonlari o‘z vaqtida ajratilmagani kabi kamchiliklar borasida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan bu  kabi qator muammo  va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1577
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+