Yakkasaroyda 163 sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihasining ishga tushishi natijasida 2277 ish o‘rni yaratildi

20.02.2018, 11:53

Yakkasaroyda 163 sanoat va xizmat ko‘rsatish loyihasining ishga tushishi natijasida 2277 ish o‘rni yaratildi

Kuni-kecha Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddi tashkilot vakillari va partiya faollari ishtirok etdi. 

 Tadbirda tumanda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, o‘tgan yili tumanda 66 ta sanoat loyihasi ishga tushirilib, 912 kishi ish bilan taminlandi. Jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasida 97 ta loyiha doirasida 1365 ta ish o‘rni yaratildi. O‘tgan yilda hududiy eksport dasturi doirasida 29 617 mln dollorlik mahsulot eksport qilinib, belgilangan reja 178,1 foizga bajarildi.    

Tadbirda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qaror va qonunlar ijrosini monitoring qilish va bu borada deputatlik nazoratini kuchaytirish, hamda partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar ichiga kengroq kirib borish kerakligi takidlanib, Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining galdagi vazifalari belgilab olindi.

M.O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1371
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+