O‘zLiDeP sayyor qabuli: “Bunyodkor”dagi sport inshootiga sport anjomlari beriladi

22.02.2018, 16:18

O‘zLiDeP sayyor qabuli: “Bunyodkor”dagi sport inshootiga sport anjomlari beriladi

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Iskavot qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida aholidan o‘ndan ortiq shikoyatlar kelib tushdi. Murojaatlar orasida hududdagi 16 son umumta’lim maktabining isitish tizimidagi nosozliklardan tortib, ta’lim muassasalari binolarining ta’mirga muhtojligigacha, maktablarda ingliz tili fani o‘qituvchisi yetishmasligidan, ichki yo‘llarning ta’mirtalabligicha bor.  

 Bunyodkor MFYda yashovchi Nilufar Boymirzayeva sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolardan biri. U hududagi sport zalida bolalarning kurash bilan shug‘ullanishlari uchun yumshoq to‘shamalar va boshqa sport anjomlari yetmasligidan shikoyat qildi. Ushbu murojaat bilan shug‘ullanishni Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Manzura Murtazayeva o‘z zimmasiga oldi. Deputatimiz Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tumandagi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborishini aytdi.

 Yoz oylarida qishloq aholisi tomorqalarini sug‘orishda turli muammolarga duch kelardi. Sayyor qabulda bu masala ham atroflicha muhokama qilindi. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bu murojaat yuzasidan Podishoota-Chodak irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tuman bo‘limi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuboradigan bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, tumanda sayyor qabullar davomida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan qator murojaatlar ko‘rib chiqildi, ularning salmoqli qismi belgilangan tartibda hal etildi.

 Muzaffar TO‘XTASINOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1566
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+