Partiya “Ayollar qanoti” ko‘magida to‘raqo‘rg‘onlik Zilola Nazarova o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi

23.02.2018, 12:02

Partiya “Ayollar qanoti” ko‘magida to‘raqo‘rg‘onlik Zilola Nazarova o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish O‘zLiDePning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada partiya “Ayollar qanoti” tomonidan joylarda  xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik va pazandachilikka jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar e’tiborga molik.

Aytish kerakki, bugun partiya faollari tashabbusi bilan joylarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, ochiq muloqotlardan ko‘pchilik xotin-qizlar mamnun. Boisi, bu kabi tadbirlar davomida opa-singillarimizning bandligi ta’minlanib, ularning ko‘pchiligi o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Istiqlol-1” MFYda tashkil etilgan amaliy muloqot davomida ham partiya faollari xonadonma-xonadon yurib, oilaviy biznes va o‘z tomorqasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida yurgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatdi.

–Bir necha yildan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman, –deydi Zilola Nazarova. – Partiya “Ayollar qanoti” tomonidan berilgan tavsiya va maslahatlarga tayanib “Binokor madadkor savdo” xususiy korxonasi qoshida oilaviy tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘ydim. Bunda albatta, O‘zLiDeP faollariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tadbir yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini doimiy tashkillashtirishga kelishib olindi.

 H. Iminjanova,

 O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+