“O‘zLiDeP kutubxonasi” loyihasi doirasida hazorasplik yoshlar o‘rtasida kitobxonlik bellashuvi o‘tkazildi

14.12.2021, 11:41

“O‘zLiDeP kutubxonasi” loyihasi doirasida hazorasplik yoshlar o‘rtasida kitobxonlik bellashuvi o‘tkazildi

“O‘zLiDeP kutubxonasi” loyihasi doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari yuksak samarada tashkil qilinyapti.  

Mazkur loyiha Xorazm yoshlarining ham e’tiborini qozonishga, ularni birlashtirishga va albatta kitobga bo‘lgan mehrlarini yanada oshirishga zamin yaratdi. "O'zLiDeP kutubxonasi" loyihasining navbatdagi manzili Hazorasp tumani bo‘ldi. Tuman yoshlari bilan birga o‘tkazilgan loyiha doirasida ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, kitob madaniyatini shakllantirish va kitob o‘qishni rivojlantirish maqsadida "Zukko kitobxon" intelektual o‘yinining tuman bosqichi ham o‘tkazildi. Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tumandagi "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlardan 4 ta jamoa, boshqa ko‘ngilli yoshlardan 9 ta jamoa ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimizning kitobxonlikni targ‘ib qilishni ilgari surgan Farmon va qarorlari hamda ushbu loyihaning mazmun-mohiyati, ma’naviyat, madaniyat, yaxshilik, ezgulik, vatanparvarlik, insoniylik kabi barcha ezgu fazilatlar ildizi kitob mutolaasi bilan tutashib ketganligi xususida atroflicha gapirdilar.

Bellashuv natijalariga ko‘ra o‘zlarining zukko va bilimliligini isbotlagan "Liderlar" jamoasi 1-o‘ringa loyiq deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. G’olib va sovrindor jamoalar Xalq deputatlari Hazorasp tuman kengashidagi  O‘zLiDeP  deputatlik guruhining  estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ha, kitob insonning fikrini teranlashtiradi, savodxonligini yuksaltiradi.  Asosiysi, kitoblar qanday mavzuda bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat va faqat yaxshilikka, ezgulikka xizmat qiladi. Shunday ekan bugun yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdek xayrli ishlarda har birimiz faol va tashabbuskor bo‘lishimiz lozim.

Shahnoza Yakubova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    459
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+