Ochiq muloqotda “MexMash”ning ko‘chma issiqxonalari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi

23.02.2018, 17:34

Ochiq muloqotda “MexMash”ning ko‘chma issiqxonalari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Namangan tumanidagi Mallaxovuz va Yangiyul MFYda ochiq mulot tashkil etildi.                

Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi, tuman “Davsuvmahsuspudrat” DUK, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” tuman filiallari, Namangan tumangaz, tuman elektor tarmoqlari korxonasi, tuman moliya bo‘limi va Suvoqava korxonasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosan hududdagi gaz va elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha murojaatlar o‘rtaga tashlandi. Xususan, hududda ariq-zovurlarni obodonlashtirilmagani natijasida aholining shaxsiy tomorqalaridan foydalanishida muammolar yuzaga kelayotgani aytildi. Bu muammo tuman davsuvmaxsuspudrat DUK vakillariga mart oyi davomida bartaraf etish vazifa qilib belgilandi.

Hududdagi 27- o‘rta maktabni tashqi tarafdan o‘rab turuvchi devorlarini ta’mirlanishi bo‘yicha qilingan murojaat ham shu yerning o‘zida hal etildi.

Muloqot davomida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, mahallada hunarmandchilik va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida imtiyozli kreditlar olish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha kerakli maslahatlar berildi.

– Muloqot davomida tomorqadan unumli foydalanish borasida kerakli ma’lumotlar oldik, – deydi Mallaxovuz MFYda yashovchi Ismoil Sobirov. –Namangan shahridagi “MexMash” korxonasi tomonidan arzon va qulay narxlarda tayyorlangan ko‘chma issiqxonalar haqidagi ma’lumot menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu imkoniyatdan kelib chiqib har bir qarich yerdan unumli foydalansak, daromadimiz ko‘payib, oilaviy farovonlikka erishamiz.

Tadbirda jami 30 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rtaga tashlanib, ularning aksariyati shu yerning o‘zida yechim topdi.

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 matbuot xizmati rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2610
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+