Zafarobodda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

01.02.2022, 17:06

Zafarobodda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

O`zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti “Yoshlar qanoti” guruhi tomonidan Zafarobod tumanida karantin qoidalariga amal qilingan holda “Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarda O’zLiDePning o‘rni va roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, elektorat vakillari, fermerlar va yoshlar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan mazkur davra suhbatida tumanda bu borada hali foydalanilmay turgan imkoniyatlar borligi, ularni o‘rganish, yoshlarni jalb qilgan holda ushbu sohalarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Zokir Rajapov tumanda chorvachilikni klaster asosida rivojlantirish, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida mahallalarda o‘z faoliyatlarini boshlagan hokim yordamchilarining fikr-mulohazalari ham tinglandi.

Ta’kidlanganidek, tumanda qishloq xo‘jalik, chorvachilik, bog‘dorchilik va tomorqachilikni rivojlantirish, bozorlarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Tadbir davomida bu borada qilinadigan ishlar, hamkorlik rejalari kelishib olindi.

Xolbek ASATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyati kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+