Amudaryolik tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
09.02.2022, 11:13
O’zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari Madamin Kazakov va “Qilichboy” ovul fuqarolar yig‘ini raisi Bahrom Qodirov va boshqalar mazkur hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashdi, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, ularning muammo va takliflarini tingladi.
Dastlab mas’ullar tadbirkor Jo‘shqin Jumamurodovning ishlari bilan yaqindan tanishdi. U shifer, tunukafon mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birga maishiy texnikalar bilan savdo qiluvchi do‘kon faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan, ya’ni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘z do‘konlarida sotadilar.
Bu bilan tadbirkor 8 nafar ham qishlog‘ini ish bilan ta’minladi. Hududdagi yana bir tadbirkor Dilbar Begmurodova non va non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ovuldagi barcha oshxonalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, aholini issiq va xushta’m nonr va non mahsulotlari bilan ta’minlayotgan tadbirkorning ham, u jalb etgan yordamchilarning ham qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Buyurtmalar ham shunga yarasha bo‘layapti.
Nonvoyxona faoliyati bilan tanishgan mas’ullar tadbirkorga faoliyatini kengaytirishi mumkinligi, buning uchun imtiyozli kreditlar mavjudligi, tadbirkorlik qilib xalqimizning koriga yarab kelayotganalr uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirdilar, partiyaning tuman Kengashi ularni doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdilar.
Mazkur hududdagi yana bir tadbirkor Qo‘chqorboy Norimov o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, qishda ham yoz ne’matlarini yetishtirayapti. Mas’ullar issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, ayni kunda barra piyoz yetishtirilib, bozorlarimizga chiqarilayotgani, bu bilan tomorqachi el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidlashdi.
Tadbirkor – yurtimizga madadkor degan ibora bejizga aytilmagan. O’z mehnatlari bilan o‘zlarining turmushini obod etib, yurtimiz taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlar tumanimizda ko‘p.
Elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda O’zLiDeP doimo bosh-qosh bo‘lmoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17.01.2024, 16:31
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
Fikringizni qoldiring