Partiya a’zolari safi tadbirkorlar bilan kengaymoqda
11.02.2022, 17:19
Bugungi kunda yurtimizda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish orqali uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini keskin oshirish, aholini ish bilan ta’minlash, kishilarning real daromadlarini ko‘paytirish, aholi barcha qatlamlarining turmush farovonligini yaxshilash masadida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi faollari tumandagi Bog‘ichinor mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan “Milano garden plaza” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirkor Jamshed Rashidov tomonidan 3,8 millard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan mazkur mehmonxona tumanda yagona sifatli xizmat ko‘rsatish majmuasi hisoblanadi.
Toyloqda turizmni rivojlantirish, sayyoh va mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida qurilgan mehmonxona binosi 4 qavatdan iborat bo‘lib, 25 o‘ringa mo‘ljallangan, 11 ta yotoqxona, 1 ta restoran 1 ta bar hamda usti yopiq basseyn o‘rin olgan. 11 sotix maydonda bunyod etilgan inshoot jahon andozalari darajasida jihozlangan. Mehmonxonaga zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. 5 ta ishchi o‘rni yaratilgan.
Partiya faollari mehmonxona bilan tanishib, uy yerda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarga partiya maqsad vazifalari haqida tushunchalar berishdi va ishchi xodimlarni partiya a’zoligiga qabul qilib, partiya boshlang‘ich tashkilotini tuzishga kelishib oldilar.
Kamola Axmedjanova,
O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
BPT lar bilan ishlash guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring