“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida yoshlar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘ymoqda

15.02.2022, 15:27

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida yoshlar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘ymoqda

O`zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi tomonidan  “Tijorat banklaridagi kreditlar ajratilishi holati” mavzusida muloqot o‘tkazildi. Mazkur tadbir “Har bir oila – tadbirkor” degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda “Agrobank ATB”  Ulug‘nor tuman filiali mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan partiya faollari, tadbirkorlikka qizuquvchi yoshlar ishtirok etdilar. Unda so‘z olgan bank mas’ul xodimi bank filiali tomonidan tumanda yashovchi fuqarolarga va hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga  “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi doirasida imtiyozli kredit mablag‘lari 3 yil muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan, yillik 14 % ustama xaq to‘lash sharti bilan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berilayotganligini va qilinayotgan amaliy ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot beridi.

-Biz bugun tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha chiqarilayotgan so‘ngi qarorlar va loyihalar bilan tashkilotchilar tomonidan to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Men o‘z biznesimni boshlab, tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yishni maqsad qildim, - deydi biz bilan suhbatda tadbir ishtirokchisi Dilshodbek Jo‘rayev.

Umuman olganda, bugungi kunda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, xususan, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O`zLiDeP Ulug‘nor tuman kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslariga qanot bo‘lmoqda.

  • Ko'rildi
    634
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+