Ishchi guruh tashabbusi: “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida o‘quv – amaliy seminar o‘tkazildi

25.02.2022, 15:56

  Ishchi guruh tashabbusi: “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida o‘quv – amaliy seminar o‘tkazildi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlanib, unda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator vazifalar o‘z aksini topdi.

Shuningdek, 2021 yil 20 apreldagi ”Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida urg‘u berildi.

Mamlakatimizda o‘quvchi-talabalar va yoshlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularni biznes yuritishga o‘rgatish hamda yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatish maqsadida “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida o‘quv – amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

Seminarlarda vazirlik va idora vakillari, deputatlar, tadbirkorlar hamda ilm-fan vakillari ishtirok etib, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar va ishsiz, uyushmagan yoshlarga tadbirkorlikni boshlash uchun huquqiy va amaliy yo‘l yo‘riqlar berishmoqda.

Kuni kecha o‘tkazilgan tadbirda yoshlar tomonidan tadbirkorlik qilish uchun ro‘yhatdan o‘tish, chetdan xom ashyo materiallari olib kelish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksportga chiqarish, fermerlikni yo‘lga qo‘yish hamda tomorqadan samarali foydalangan holda yuqori daromad olish kabi savollariga mutahassislar tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

O’quv – amaliy seminarlar fevral-may oylarida davom etadi va tadbirlarda yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish, sohada yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda seminar yakuni bo‘yicha faol yoshlarga sertifikatlar topshirish maqsad qilingan.

  • Ko'rildi
    559
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+