Marhamatda deputatlar va tadbirkorlar uchrashuvi o‘tkazildi

25.02.2022, 17:08

Marhamatda deputatlar va tadbirkorlar uchrashuvi o‘tkazildi

O’zLiDeP Marhamat tuman kengashi tashabbusi bilan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati To‘lqinjon Karimov, xalq deputatlari viloyat, tuman kengashlari deputatlari, prokuratura, soliq, bank tizimi mutaxassislari, partiya faollari, keng jamoatchilik vakillari, tadbirkor hamda fermerlar ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘z olgan deputat T.Karimov keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarning emin-erkin faoliyat yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganligi, aholining bandligi, turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. 

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha deputatlarga murojaat qildi.

–Qizil yomg‘ir chuvalchangini yetishtirish bo‘yicha bank tizimida alohida kredit yo‘nalishini ochish yuzasidan takliflarimni aytdim, - deydi tadbirkor Shaxriyor Omonboyev. - Chuvalchang bilan shug‘illanuvchilar uchun o‘zim ta’minotchi bo‘laman.

Muloqotda tadbirkorning ushbu muammosi yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. 

Shuningdek, uchrashuvdi tadbirkor Umidjon Mamatqosimov DXA da haydovchilik guvohnomasi berish uchun hamda yangilash bo‘yicha vakolat borligini aytib, sifatli rasmga olish apparati yo‘qligi uchun bu vakolatdan foydalana olmayatganini bildirdi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan bu masalani hal etish bo‘yicha tuman hokimligi, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi aytildi. 

Ochiq va oshkora o‘tgan muloqotda tadbikorlarni qiynayotgan, ularning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan yuqoridagi kabi muammolar tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    491
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+