Zarbdor tumani “Andijon” QFYdagi sayyor qabulda 20 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy muammo va takliflar batafsil o‘rganildi

02.03.2018, 19:49

Zarbdor tumani “Andijon” QFYdagi sayyor qabulda 20 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy muammo va takliflar batafsil o‘rganildi

Joylarda yig‘ilib qolgan va ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga bevosita yechim topish maqsadida, O‘zLiDeP mas’ul xodimlari va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘tkazilayotgan va xayrli an’anaga aylangan sayyor qabul Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Andijon” QFYda ham tashkil etildi.

 Mazkur qishloq fuqarolar yig‘ini fuqarolari, tuman deputatlik korpusi vakillari, tuman hokimligi va mahalla mas’ul xodimlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan ochiq muloqotda yo‘llar va maktabni qayta ta’mirlash, toza ichimlik suvi, elektr va gaz o‘tkazish, qishloq vrachlik punktlari, maktabgacha ta’lim muassalari qurish kabi qator masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, ijtimoiy  sohaga oid masalalar bo‘yicha 18 ta, shuningdek, fermer xo‘jaligiga oid muammo va takliflar bevosita o‘sha hududda o‘rganib chiqildi. Jumladan, sayyor qabulda ishchi guruhiga murojaat qilgan “Andijon” QFYda yashovchi Abduxoliq Bobilov oldin o‘zi ishlagan 1,8 ga yer maydonini bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun tender asosida olishda amaliy yordam so‘radi.

Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari O‘zLiDeP Zarbdor tuman  Kengashi deputati Rahim Anqayev mutasaddi rahbarlar nomiga tegishli tartibda deputatlik so‘rovi orqali murojaat etib, ushbu masalani har tomonlama o‘rgangan holda deputatlik nazoratiga olishini ta’kidladi.

Sayyor qabul davomida ma’lum bo‘lishicha, hudud aholisini ko‘proq ijtimoiy va qishloq infrastrukturasiga taaluqli muammolar tashvishga solmoqda. Misol uchun, fuqarolar Sherqul Usmonovning mahallada qishloq vrachlik punktini tashkil etish, ichimlik suviga qo‘yilgan nasosga alohida elektr transformatorini o‘rnatish, Temur Eshonqulovning mahalladagi Sattorov nomli ko‘chani asfalt qilish hamda o‘g‘li Mustafo  Eshonqulovning qo‘shni “Sharq yulduzi” QFYda joylashgan MTPdagi 2 yillik ish haqini ololmayotganligi, tuman markaziga borish uchun avtobus yo‘nalishi qo‘yilishi yuzasidan qilgan murojaatlari ham batafsil o‘rganib chiqilib ijobiy hal etish uchun xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari nazoratiga olindi.

- Bugungi sayyor qabulga o‘g‘lim Ulug‘bek Qodirovning nogironligini inobatga olib, davolanish uchun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan beriladigan yo‘llanma olish yuzasidan yordam so‘rab murojaat etgan edim. Muammoimiz ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Dardimizni eshitayotgan, muammolarimizni hal etishda yaqindan ko‘makdosh bo‘layotgan O‘zLiDeP faollari va deputatlariga minnatdorchilik bildiraman, - deydi mazkur hududdda istiqomat qiluvchi yana bir yurtdoshimiz Bozorboy Qodirov.

Umuman bu galgi sayyor qabulning ham ishchanlik ruhida o‘tganini alohida ta’kidlash lozim. Chunki, unda fuqarolar tomonidan aytilgan va ularni qiynab kelayotgan barcha muammoli masalalar tegishli tartibda o‘rganilib, ijobiy hal etish uchun deputatlik guruhlari tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi va ushbu masalalar yechimi yuzasidan alohida chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3549
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O'zLiDeP туман Кенгаши депутати И.Матиев2018-05-03 23:36:56

Ўтказилган ушбу саёр қабул доирасида 20 га яқин тегишли туман ташкилотларига юборилган депутатлик сўровлари натижасида муаммо масала таклифлар ўз вақтида ечимини топди.


Fikringizni qoldiring

+