“Baxmal baraka chevarlari” MChJ tikuv fabrikasida press-tur tashkil qilindi

04.03.2022, 11:59

“Baxmal baraka chevarlari” MChJ tikuv fabrikasida press-tur tashkil qilindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Baxmal tumanidagi “O’smat” shahar fuqarolar yig‘ini Fayzobod mahallasida yaqinda ish boshlagan “Baxmal baraka chevarlari” MChJ tikuv fabrikasida OAV xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

Korxona faoliyati bilan qishloq xotin-qizlarini, ayniqsa, yoshlarni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, tumandagi 1-son Baxmal kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari, hududdagi mahallalarda “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan fuqarolar ishtirok etdilar.

- Yaqinda ish boshlagan mazkur korxonada 200 nafarga yaqin xotin-qizlar hamda yoshlar mehnat faoliyatlarini boshlashdi, - deydi fabrika rahbari  Yunus Bolbekov. – Loyiha to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, yana 100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu sabab, korxonamiz faoliyati bilan tumandagi xotin-qizlarni, yoshlarni yaqindan tanishtirish, ishlash niyatida bo‘lgan uquvli tikuvchilarni jalb qilish juda muhim. Bu borada O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” faollari bilan uzviy aloqani yo‘lga qo‘yganimiz kelajakda, albatta, o‘z samarasini beradi.

Turli xildagi bolalar kiyimlari ishlab chiqarilayotgan mazkur fabrikada tikish, dazmollash, qadoqlash, sifat nazorati kabi bo‘limlarida nafaqat xotin-qizlar balki mahalladagi ishsiz yigitlar ham o‘z mehnat faoliyatlarini boshlab yuborishdi.

Tadbir davomida Ommaviy axborot vositasi xodimlari, kasb-hunar maktabi o‘quvchilari korxona faoliyati bilan batafsil tanishib chiqdilar. Yoshlarning ko‘pchiligi maktabni tugatgach o‘z mehnat faoliyatlarini aynan shu korxonada ishlash istagida ekanliklarini bildirishdi.

Xolbek Asatov,  

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    655
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+