O‘zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan ikkita kichik sanoat zonasi ko‘payadigan bo‘ldi

03.03.2018, 15:43

O‘zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan ikkita kichik sanoat zonasi ko‘payadigan bo‘ldi

Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Rabot Qalmoq” kichik sanoat ishlab chiqarish zonasini tashkil etish bo‘yicha Buxoro tuman hokimi o‘rinbosari Z.Tohirovning hisoboti eshitildi hamda ishchi guruhining xulosalari muhokama kilinib, deputatlarning takliflari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. Unga ko‘ra, Buxoro tumani hududida yangi ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etiladigan bo‘ldi.

– Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan o‘tgan yil “Rabot Qalmoq” kichik sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan edi, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari O‘lmas Rahmatov. – Ammo oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, taklif etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida bugungi kunda faoliyat yuritib kelayotgan 15 ta tadbirkorlik sub’ekti uchun elektr energiyasi, gaz va suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha deyarli hech qanday amaliy ish qilingani yo‘q. Vaholanki, “Rabot Qalmoq”da innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar yetarli. Ishchi guruhning ishga panja orasidan qarashi oqibatida 3 ta korxona o‘z faoliyatini boshqa joyda davom ettirmoqda.

Ta’kidlash kerak, “Rabot Qalmoq”da elektor energiyasi, suv va gaz tarmoqlaridagi uzilishlar tadbirkorlarni bu hududdan uzoqlashtiryapti. Shu bois kichik sanoat zonasini rivojlantirish uchun tumandagi barcha mutasaddi idoralarga topshiriq berildi. Xalq deputatlarining o‘tgan yil 23 maydagi qarori ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Buxoro tuman hokimi o‘rinbosari Zokir Tohirovga ogohlantirish berildi.

Hasan SALOMOV,

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1477
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+