Deputat tashbbusi: Mahallada 1700 metrga suv quvurlari tortildi, 22 ta stolba o‘rnatildi

10.03.2022, 16:06

Deputat tashbbusi: Mahallada 1700 metrga suv quvurlari tortildi, 22 ta stolba o‘rnatildi

Deputat xalq vakili. U odamlar dardini tinglash, xalqning mehrini qozonish, ishonchini oqlash uchun saylangan. Bugun odamlar orasiga kirmay, ular bilan muloqot qilmay joylardagi muammolarga yechim topib bo‘lmasligi aniq.

Shu nuqtayi nazardan ular xalq vakili sifatida xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerak. Saylovchilar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgan joyda muammo bo‘lmaydi, farovonlik hukm suradi, o‘zgarish bo‘ladi.

“10-Suvyulduz” saylov okrugidan Oltinko‘l tuman Kengashi deputatligiga saylangan Shahrizod Jakbarovga okrug hududidagi “Chaqqon-1” MFY aholi vakillaridan murojaat kelib tushdi. Xalq noibi mahalladagi  aholi vakillari bilan uchrashib, murojaat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Deputat har bir fuqaroning muammosini eshitdi, aholi murojaatlariga yuzaki qaramadi, saylovchilarni tingladi.

Muloqotlar davomida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan va hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator masalalar ko‘tarildi. Fuqarolarning aytishicha, bugun mahalladagi eng katta muammo – bu ichimlik suv tanqisligi, elektr toki uchun beton tayanlar judayam zarur. Shu sababli xalq noibi Oltinko‘l tuman hokimligi, mutassadi tashkilot vakillari bilan uchrashib, ushbu masalani tezroq hal etish kerakligini tushuntirdi va muammoni ijobiy hal etishga erishdi. Natijada mahallada 1700 metrga suv quvurlari tortildi, 22 ta beton tayanch o‘rnatildi. Saylovchilar bugun xalq noibidan mamnun.

-Biz deputatlardan xalqimizning umidi juda katta, - deydi xalq vakili Sh.Jakbarov. – Shu jihatdan odamlarni rozi qilish, ularga bergan va’dalarni bajarish uchun astoydil harakat qilishimiz, ko‘proq vaqtimizni xalq orasida o‘tkazishimiz kerak. Negaki, muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardu tashvishi yotadi. Demak, o‘z muammosi bilan kelgan fuqaroning og‘irini yengil qilish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish har birimizning kundalik vazifamizga aylanishi lozim.

O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    509
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+