Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 10 ga yaqin murojaatlarning aksariyati kredit olish masalasi bo‘ldi

10.03.2022, 16:20

Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 10 ga yaqin murojaatlarning aksariyati kredit olish masalasi bo‘ldi

O’zLiDeP Nukus tuman Kengashi tomonidan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi tashkil qilindi. 

Unda tuman Kengashi deputatlari, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i  F.Xalmuratov, tuman “To‘k tov” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi  M.O’tejanov, tijorat bank vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Forumda asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinliq qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini  cheklayotgan bir qator muammolarni doimiy ravishda tizimli o‘rganib borish hamda ularni bartaraf etish, qolaversa tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammo va takliflarini tinglash va ularga amaliy yordam berishdan iborat. 

Forumda asosan kredit masalasi ko‘tarildi. Jumladan, “To‘k tov” mahalla fuqarolar yig‘ini turg‘uni J.Izetullayev baliqchilik xo‘jaligini  tashkil etishda, “Batir” oilaviy korxonasi rahbari M.Reymov o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida choyxona, bolalar maydonchasi, go‘zallik  salonini ochishda, fuqaro J.Uzaqov o‘z bandligini ta’minlash maqsadida ustachilik bilan shug‘ullanish uchun asbob-uskunalar harid qilishda bank kreditlari ajratilishi so‘rab murojaat qilid. Murojaat qilganlar kredit olish bo‘yicha barcha hujjatlar taqdim qilishgan bo‘lsada hali hanuzga kreditlar berilmagan.  

Ushbu masala bo‘yicha tijorat banklariga tegishli topshiriqlar berildi, muaamoni tez fursatda hal qilish choralari ko‘rildi.

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    533
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+