Shoir ijodiga ehtirom

03.03.2018, 16:39

Shoir ijodiga ehtirom

Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da atoqli shoir, tarjimon va adabiyotshunos Matnazar Abdulhakim tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab tadbir  bo‘lib o‘tdi.  

O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat hokimligi, ijodiy uyushmalar va jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda Urganch davlat universiteti talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ijodkorlar, olimlar va she’riyat ixlosmandlari shoirning “Tiniq tonglar”, “Qor qo‘shig‘i”, “Yonimdagi daryolar”, “Qorachiqdagi dunyo”, “Bir quchoq gul”, “Oydinlik”, “So‘nggi yaproq”, “Javzo tashrifi”, “Ko‘prik” kabi asarlari adabiyotimiz bo‘stonida o‘z o‘rniga ega ekanligini, uni kitobxonlar sevib mutolaa qilishlarini ta’kidladilar.

- Iste’dodli shoir, tarjimon va adabiyotshunos olim Matnazar Abdulhakim she’riyati xalqona tilda yozilgani bilan o‘quvchini jalb etadi, - deydi adiba Gavhar Ibodullayeva. - Uning ijodida asosan vatanparvarlik, mehr-muxabbat, sadoqat tuyg‘ulari aks yetgan. Shu bois, adibning ijodini yoshlarimiz sevib mutolaa qilishadi. Bunday tadbirlar esa inson dunyoqarashini kengayishida, yuksak axloqiy fazilatlarning to‘laqonli shakllanishida yaxshi samara beradi.

Tadbirda yoshlar tomonidan Matnazar Abdulxakim qalamiga mansub bir qator she’rlar o‘qildi.

Musharraf RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1960
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+