O’zLiDeP deputati mahalla yoshlari uchun innovatsion o‘quv markazini ochdi

15.03.2022, 14:57

O’zLiDeP deputati mahalla yoshlari uchun innovatsion o‘quv markazini ochdi

Innovatsiya – yangilanish va rivojlanish demakdir. Bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantiradigan, ilm-fan va taraqqiyot yo‘lidagi o‘zgarishlarga yetaklaydigan kuchdir. Shu bois zamonaviy ta’limda yangicha innovatsion uslubidan foydalanish va uni amalga tatbiq etish orqali barcha ilm ahli uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon tuman kengashi deputati, tadbirkor Nodirbek Malikov tashabbusi bilan tumandagi “Qum ko‘cha” MFYdagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabda olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida  ana shunday innovatsion loyihalarga asoslangan yangi “Umid” o‘quv markazi tashkil etildi.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida foydalanishga topshirilayotgan mazkur o‘quv markazning ochilish marosimida tuman faxriylari, xalq noiblari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

-Umidchilarning kelajakdan umidlari katta, - deydi “Qum ko‘cha” MFY raisi Sirojiddin Sultonov. - Bu o‘quv markazning ochilishi yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Maktabda olgan bilimlari mustahkamlanadi, ingliz, rus tillari, shuningdek, axborot texnologiyasi va kompyuter savodxonligiga ixtisoslashgani farzandalarimizni zamon talabiga mos bilim olishlari uchun yanada imkoniyat eshigini ochdi.

Kuy-qo‘shiqlar, ajoyib raqslar, ko‘ngilochar o‘yinlar bilan bayramona ruhda o‘tgan mazkur tadbir yakunida deputat tomonidan aksiyada g‘olib bo‘lgan 3 nafar yoshlarga bepul bilim olishlari uchun sertifikat topshirildi.

 Darhaqiqat, eng yaxshi sarmoya bu bilimga tikilgan sarmoyadir.

Kunning ikkinchi yarmida “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari O`zLiDeP Andijon tuman Kengashi qoshidagi faxriylar kengashi a’zolarini, partiya faollarini, deputatlarni ham obodonlashtirishga hissa qo‘shish uchun jamladi. Hashar munosabati bilan mahalla hududidagi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 23-umumta’lim maktabi va o‘quv markazning ichki va tashqi hududlari begona o‘tlardan tozalandi. Ko‘chatlar ekilib, daraxtlar oqlandi.

  • Ko'rildi
    325
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+