O‘zLiDeP tashabbusi bilan Surxondaryoda 79 nafar xotin-qiz va yosh bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

05.03.2018, 18:28

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Surxondaryoda 79 nafar xotin-qiz va yosh bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Uzun tumanidagi “Mexnat” MFYda “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan ona va bola salomatligini muhofaza qilish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta’minlash, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish, davolanish hamda boshqa imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi, qizlarning erta turmushga chiqishining salbiy oqibatlari, joylardagi mavjud skrining va perinatal markazlarida yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

­-Anchadan buyon eslash qobiliyatim yomonlashib borayotganini his qilsamda uy yumushlari bilan band bo‘lib, o‘z sog‘ligimga e’tibor qilmagan edim, - deydi Nodira Jabbarova. - O‘zLiDeP tashabbussi bilan mahallamizda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tdim. Ko‘rik davomida shifokorlar menda yod yetishmasligi sababli buqoq kasalligi alomatlari paydo bo‘lganini aniqlashdi va bepul davolanish uchun yo‘llanma berishdi. Buning uchun tadbir tashkilotchilaridan minnatdorman.

Ta’kidlash kerak, tibbiy ko‘rik davomida 79 nafar xotin-qiz va yosh bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

  Murod EShNAZAROV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1499
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+