O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi: mahallaning 30 nafar ayollari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

30.03.2022, 16:09

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi: mahallaning 30 nafar ayollari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O’zLiDeP Andijon tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sog‘lom oila mustahkam oila” doirasida “Oyjamol” MFYda joylashgan tuman oilaviy poliklinikasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad oilalarda ma’naviy sog‘lom muhitni qaror toptirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirish orqali sog‘lom va mustahkam oilani qaror toptirishdan iboratdir. Bu borada partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan ayollarning salomatligini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tadbir davomida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi va unda 30 nafarga yaqin xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Yurtimizda xotin-qizlarga juda katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Oyjamol” MFY maslahatchisi Lazokatxon Ergasheva. – Mahallamizda yashayotgan uy va jamaoat ishlarida faol bo‘lgan ayollar, bunday ko‘riklarga vaqt ajratishi qiyin. Biz uchun shunday tibbiy ko‘riklar tashkil etgan O`zLiDePdan juda minnatdormiz.

  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+