Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

01.04.2022, 17:32

Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar viloyat hokimining o‘rinbosari Muxammadjon  Nishonovning Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yildagi vazifalari yuzasidan hisobotini eshitdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2021 yil davomida mahalla raislari tomonidan 200 mingga yaqin fuqarolar qabul qilinib, ularning 80 foizi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, mahalla boshqarmasi boshlig‘i tomonidan  jami 2357 nafar fuqarolar qabul qilinib, 2146 nafarining muammolari ijobiy yechim topilgan.

O’tgan yil davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan jami 123 ming 240 nafar fuqaro, 61281 ta ehtiyojmand va muammosi bor oilalarni murojaatlarini hal etish, ularni bandligini ta’minlash, sog‘ligini tiklash, moddiy ta’minotini yaxshilash va tadbirkorlikka jalb kilishda barcha mas’ul tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bir qator ishlarni amalga oshirdilar.

–Ayni chog‘da viloyatimizda 18 ta yangi mahalla fuqarolar yig‘inlari tashkil etilishi hisobiga fuqarolar yig‘inlari sonini 905 taga yetkaziladi, - deydi M.Nishonov. - Shu yilni o‘zida 85 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarini joriy ta’mir, 39 ta mahalla binolarini rekonstruksiya va kapital ta’mirdan chiqarish, 68 tasiga yangi zamonaviy binolar qurish ishlarini rejalashtirganmiz. 174 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kompyuter va printer jamlanmasi bilan ta’minlashni rejalashtirib oldik.

Shuningdek, axborot davomida 2022 yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+