Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish yo‘lida

06.03.2018, 18:57

Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish yo‘lida

O‘zLiDeP Denov tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Siyosiy faollik – davr talabi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz rahnamoligida istiqlol yillarida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi mavqeini yanada yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy islohotlardagi ishtirokini faollashtirish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini himoyalashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

–Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish muhim vazifalardan sanaladi, – deydi O‘zLiDeP Curxondaryo viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri M.Jo‘rayeva. – Shu bois, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Ayollar va elektorat manfaatlarini ifoda etishga qaratilgan loyihalar partiyaning jamoatchilik orasidagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga xizmat qilayotir. 

Tadbirda “Ayollar qanoti”ning faoliyatini kuchaytirish va zamon talablariga moslashtirish, tashabbuskorligini oshirish, partiya tizimida faol ayollarni ko‘paytirish, ularni partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga keng jalb etish masalalari yuzasidan vazifalar belgilandi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi  matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2722
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+