O‘zLiDeP sayyor qabulida Xonobodda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab qurish taklifi ma’qullandi

09.03.2018, 16:00

O‘zLiDeP sayyor qabulida Xonobodda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab qurish taklifi ma’qullandi

Bugungi kunda Xonobod shahrida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internati mavjud emas. Ular Asaka va Xo‘jaobod tumanlaridagi maxsus maktablarda ta’lim olishadi. Ammo manzilga qadar ham masofa yaqin emas, taxminan 2 yoki 3 ta mashina almashib borish kerak.  

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh tashabbusi bilan Xonobod shahridagi sanoat transport kasb-hunar kollejida tashkil etilgan sayyor qabulda hududda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab qurish taklifi ma’qullandi.

“Xonobod shirinliklari” MChJ rahbari Mahmudjon Sobirov yana bir xayrli ishga qo‘l urib, hududda yangi shifoxona qurishni ko‘ngliga tugdi va qisqa vaqt ichida hududda yangi shifo maskani qurib bitkazildi. Biroq Navro‘z ayyomi arafasida ishga tushishi rejalashtirilgan bu shifoxona tuman hokimligining ba’zi mansabdorlari tomonidan bo‘layotgan turli to‘siqlar tufayli  hali ish boshlagani yo‘q.

­- O‘zLiDeP faollariga katta rahmat! Ularning tashabbusi bilan bir necha oydan beri hal bo‘lmayotgan muammoga ijobiy yechim topildi. Endi shifo maskanini ishga tushurib, 23 nafar yangi ish o‘rni yaratamiz, - deydi Mahmudjon Sobirov.

Shuningdek, muloqotda Fitrat ko‘chasida yashovchi Munavvar Ismonaliyevaning nogironlarga berilayotgan uy-joylardan 2018 yilda ajratilishi yuzasidan tuzilayotgan ro‘yhatga kiritilishi bo‘yicha qilgan murojaati tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan hal etiladigan bo‘ldi.

Dilmurod Sobirov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

 kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1688
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+