Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi

11.05.2022, 15:20

Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan vatanimizning turli go‘shalarida bo‘lgani kabi Karmana tumanida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, xususan urushning shiddatli kezlarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishtirok etmagan bo‘lsada front ortida xizmat qilgan qahramonlar holidan ham xabar olinmoqda.

O‘zLiDeP Karmana tumani kengashi faolari Shibzon mahallasida istiqomat qilayotgan 103 yoshni qarshi olgan onaxonimiz Hikmat aya Rizayeva xonadonida bo‘lishdi. Ushbu onaxonimiz istiqomat qilayotgan xonadonga tashrifimiz hamda yaqinlari bilan suhbat chog‘ida Hikmat ayaning shu yoshlarida ham o‘zining erkin fikriga ega ekanligi, yurtimizda bo‘layotgan hech bir o‘zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmasligi, qalbida shukronalik hissi ufurib turganligi bizni yanada quvontirdi. Onaxon hozirgi yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapira turib, bevosita o‘z boshidan o‘tgan urush davri qiyinchiliklari, hayotning mashaqqatlari to‘g‘risidagi kechinmalarni ko‘zlarida yosh ila so‘zlab berdi.

Hikmat ayaning bugungi kunda 100ga yaqin nevara, chevara va evaralari bo‘lib, jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilmoqda. Jumladan, partiyamiz faollari o‘g‘li A.Rizayev  “Sevoltepa ravnaqi” nomli fermer xo‘jaligida, nabirasi N.Mamanova “Obod turmush kelajagi” nomli kup tarmoqli fermer xo‘jaligida partiya a’zolarimizdan tashkil topgan 50ga yaqin ishchi xizmatchilarini boshini biriktirib fidoyilik ko‘rsatishmoqda. Onaxonimiz Hikmat ayaning duolarini olish barobarida yuksak ehtiromimizni ko‘rsatib, partiyaning esdalik sovg‘asi hamda ramziy a’zolik guvohnomasi topshirildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    376
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+