60 nafar xotin-qizni ishli qilgan navbahorlik tadbirkor ayol “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi
03.06.2022, 10:49
Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biridir. O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan olg‘a surilayotgan loyihalar ham o‘zining ishchanligi va samaradorligi bilan yaxshi natijalarga erishmoqda.
Partiyaning Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti Ayollar qanoti, Navbahor tuman kengashi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Beshrabot” mahallasida tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Navbahor tumaning “Dul-dul” va “Navbahor” mahallalarida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 44 nafar, jami 60 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlagan bir yo‘la ikkita “Dul-dul go‘zallari” va “Navbahor-Namangan” kooperatsiyalariga rahbarlik qilayotgan tadbirkor Dilshoda Sa’dullayeva ko‘rik-tanlov g‘olibi bo‘ldi.
- O’n yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanaman, o‘z vaqtida faoliyatimni kengaytirish hamda zamonaviy tikuv mashinalari xarid qilish uchun oilamizga xizmat qilib turgan yengil avtomobilni sotganman. Buni qarangki bugungi kunda bir yilda bitta avtomobilga yetadigan daromad qilyapman. Prezidentimiz xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va bizlarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimiz uchun keng sharoit, imkoniyatlar yaratib berdilar. Bugungi kunda ikkita ishlab chiqarish korxonasiga ega bo‘ldik, xalqaro shartnomalar imzolab, o‘z mahsulotlarimni chetga eksport qilayapman. Buning uchun davlatimiz rahbariga tashakkur aytaman, - deydi D.Sa’dullayeva.
Ko‘rik-tanlov yakunida bo‘limning “Zamonaviy, bunyodkor ayol – O’zLiDePni tanlaydi” loyihasi doirasida tumanda mavjud 41 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan mahalla faol xotin-qizlarining 36 nafariga partiyaga a’zolik guvohnomalari tantanali topshirildi.
Sh.Shokirova
O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
Ayollarning siyosiy faolligini,
jamiyatdagi o‘rni va mavqeini
oshirish bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring