276 mln so‘m kredit hisobidan Chimboyda 3 ta bog‘cha foydalanishga topshiriladi

13.03.2018, 17:52

276 mln so‘m kredit hisobidan Chimboyda 3 ta bog‘cha foydalanishga topshiriladi

Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari Gulparshin Aytmuratovaning axboroti  tinglandi.

Gulparshin Aytmuratovaning aytishicha, bugungi kunda Chimboy tumanida jami 25 ta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, shundan 1 tasi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ularda jami 282 pedagog-tarbiyachilar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 61tasi oliy ma’lumotli, 221tasi esa o‘rta-maxsus bilim darajasiga ega mutaxasislardir.

–“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi asosida joriy yil fevralidan, tumandagi 1, 4, 27, 33 -sonli maktabgacha ta’lim muassasalarida qayta rekonstruksiya ishlari boshlab yuborildi, – deydi G.Aytmuratova. – Shuningdek, yaqin kunlarda 276 mln 200 ming so‘m kredit hisobidan 50 o‘ringa mo‘ljallangan “Tazg‘ara”, “Gujimli”, “Qorako‘l” OFY hududida 3 ta o‘y bog‘chasi foydalanishga topshiriladi. E’tiborlisi, MTMga sifatli va arzon aziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida har bir muassasaga ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari biriktirildi. 

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+