Samarqandlik tadbirkorlar amaliy muloqotda trikotaj mahsulotlari va asal eksporti bo‘yicha murojaat qildi

14.03.2018, 18:02

Samarqandlik tadbirkorlar amaliy muloqotda trikotaj mahsulotlari va asal eksporti bo‘yicha murojaat qildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Davlat Bojxona qo‘mitasi viloyat boshqarmasi hamda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi hamkorligida “Tadbirkorlikni rivojlantirish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridir” mavzusida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olgan Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jamshid Qodirov va boshqalar yurtimizda tadbirkor va fermerlarga mahsulot eksporti bo‘yicha davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha  mutasaddilardan ko‘mak so‘radi, fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, Farhod Hamzayev trikotaj mahsulotlari eksporti bo‘yicha Rustam Abdurashidov esa asal mahsuloti eksporti bo‘yicha murojaat qildi. Ularning savollariga Samarqand viloyat Bojxona boshqarmasi valyuta nazorati guruhi rahbari Sharof Rahmatov va Kattaqo‘rg‘on TIF Bojxona posti boshlig‘i Lutfulla Ziyodullayev javob berdi. Mutasaddilar trikotaj mahsulotlari va asal eksporti bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, tadbirkorlarga amaliy yordam berishga va’da berdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1516
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+