O‘zLiDeP deputatlik guruhi Zomin tuman bandlikka ko‘maklashuvchi markazi rahbarining hisobotini eshitdi

16.03.2018, 17:45

O‘zLiDeP deputatlik guruhi Zomin tuman bandlikka ko‘maklashuvchi markazi rahbarining hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar “Axolining bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish” Dasturining ijrosi bo‘yicha 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Zomin tuman bandlikka ko‘maklashuvchi markaz rahbari O.Alimqulovning hisobotini tingladi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanda mazkur Dastur ijrosi bo‘yicha jami 2704 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, doimiy ish o‘rinlarida aholi bandligi 1725 ta, jumladan, tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq 1391, sanoatda 336, xizmat ko‘rsatishda 619, qishloq xo‘jaligida 216, kurilish va infratuzilma ob’ektlarini amalga oshirishda 220, bo‘sh turgan davlat ob’ektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish orqali 334 ta ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida 158, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilishdagi mavsumiy va vaqtincha ishlarda 597, aholini shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida o‘z-o‘zini band qilish va oilaviy tadbirkorlikda 1379 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

– Shuningdek, tuman hokimligi, yagona darcha markazi va soliq inspeksiyasi, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, tijorat banklarining “2017 yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi”ning barcha yo‘nalishlariga muvofiq, komissiyaga taqdim etgan xatlari asosida 2017 yil davomida jami 2406 ta yangi ish o‘rni yaratilgan, – deydi O.Alimqulov. – Jumladan, maqsadli dasturlarga muvofiq jami 1093 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.

Yig‘ilishda hisobot bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1705
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+