“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Sirdaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

29.07.2022, 12:03

“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Sirdaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

Yoshlarning tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, o‘z biznesini tashkil etish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarni mamlakatimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlari, jamoat ishlaridagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy siyosiy-faolligini oshirish maqsadida O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi Guliston shahar bo‘limi vakillari va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan talabalar hamda vaqtincha ishsiz bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Bozorboyeva so‘zga chiqib, tadbirning maqsad va vazifalari hamda mamlakatimizdagi siyosiy jarayon - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘z biznes rejalari taqdimotini yig‘ilganlarga tanishtirdi. Bunda Guliston davlat universiteti talabasi Adham Jo‘rayevning “nafis ifor taratuvchi ruchka” loyihasi g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    556
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+