Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi

23.08.2022, 14:56

Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tumanning “Do‘stlik “MFY da joylashgan "Ekvatorial chodak" ishlab chiqarish korxonasida mahalliy tadbirkorlarning hududdagi yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu korxona 700 ish o‘rniga ega bo‘lib, hozirgi kunda korxonada 300 dan ortiq ishchi xodimlar partiya faoli Nodir Murodov rahbarligida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

"Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" da mahallalalardan ishtirok etgan 40 nafardan ortiq yoshlar korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan savollarga korxona xodimlari tomonidan aniq javoblar berildi.

E’tiborlisi, ushbu korxona huzurida 185 nafar maslakdoshlardan iborat BPT ham tashkil etilgan bo‘lib, unga Isomitdin Shomurodov yetakchilik qilib kelmoqda.

  • Ko'rildi
    404
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+