Deputat ko‘magi bilan ehtiyojmand oilaga uy qurib berildi

25.08.2022, 16:58

Deputat ko‘magi bilan ehtiyojmand oilaga uy qurib berildi

Shinam va qulay boshpanasi bor odamning ko‘ngli ham xotirjam holda yashaydi. Chunki uy bu biz uchun kichik Vatandir. Biz faqat uning bag‘ridagina o‘zimizni baxtiyor his qilamiz.

Sho‘rchi tumanidagi «Katta sovur» mahallasida yashovchi O’rozgul Avazovaning ham boshpanasi boru ammo u anchagina ta’mirtalab bo‘lib qolgandi. Ayolning nogiron farzandi borligi uchun oila biroz iqtisodiy tanglikda qolgan, ko‘makka muhtoj edi.

Saylovchilar bilan uchrashuvda bundan xabar topgan O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Sobir Ostonaqulov O’.Avazovaning uyiga borib, uning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Nurab borayotgan eski va sharoitsiz uyda xonadon vakillari ancha qiynalib yashashayotganiga guvoh bo‘ldi. Shundan so‘ng, deputat bu xonadonga himmat ko‘rsatib, eskisining o‘rniga yangi uy qurib berdi.

Hozirda ana shu yangi uyda O’rozgul Avazova farzandlari bilan mamnun holda istiqomat qilishmoqda. Deputatning ushbu xayrli ishidan xonadon ahli bilan birga, qishloq ahli ham minnatdor bo‘lishmoqda.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    302
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+