Deputat fuqarolarning murojaatlarini tingladi

30.08.2022, 17:17

Deputat fuqarolarning murojaatlarini tingladi

O’zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati  Q.Qarshiyev Pastdarg‘om tumanidagi “Kichik Nayman” mahallasida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Sayyor uchrashuvda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj  insonlarning muammo va takliflari tinglandi.

Xalq vakili 20 dan ortiq fuqarolarning  o‘ylantirayotgan masalalari xususida fikrlashdi, ishsizlarni bandligini ta’minlash, tibbiy yordam berish, moddiy yordam tayinlash, yul, elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlariga yechim izlab tegishli mas’ullarga belgilangan muddatlarda bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.

Akbar Boboyev,

 O’zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi

 apparat rahbari

  • Ko'rildi
    237
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+