Deputatlik eshituvi: Samarqandda xizmat ko‘rsatish hamda bog‘chalar faoliyati muhokama qilindi

23.09.2022, 16:17

Deputatlik eshituvi: Samarqandda xizmat ko‘rsatish hamda  bog‘chalar faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi holatlari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha dastlab deputalar Viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi “Xizmatlar sohasini rivojlantirish va iste’mol tovarlari narxini monitoring qilish va innovatsiyalar” bo‘limi boshlig‘i D. Rasulovning hisobotini tingladilar.

Hisobotga ko‘ra, joriy yilda viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha, o‘tgan 2021 yilga nisbatan o‘sish sur’atini 149,3 foizga yetkazish hamda bu sohada jami 12,6 trln. so‘mlik 8,3 ming dan ortiq yirik va kichik loyihalarni amalga oshirish hisobiga 214 ming dan ortiq ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash belgilab olinganligi qayd etildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami xizmatlar hajmi 14,2 trln. so‘mni, o‘sish sur’ati 114,4 foizni tashkil etdi.

Aholi joni boshiga xizmatlar xajmi 3514,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 foizga o‘sdi. 9,6 ming taloyihalar amalga oshirilib, 144,1 mingaholi bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, turizm xizmatlari sohasida 181 ta loyiha (590ta ish o‘rni) foydalanishga topshirildi, jumladan 45ta uy mehmonxonalari, 27 ta mehmonxona va 109 ta boshqa loyihalar amalga oshirildi.

Ta’lim xizmatlari sohasida kelgusi besh yilda 3-7 yoshli bolalarni viloyat maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi, hozirgi 65,8 %dan 82 %ga yetkaziladi. Buning uchun, quvvati 82 mingdan ortiq 1 073 ta yangi MTT tashkil etiladi. Jumladan, 59 ta davlat, 15 ta xususiy, 38 ta davlat-xususiy sheriklik asosida va 961 ta oilaviy nodavlat MTT tashkil etiladi.

Natijada, jami xizmatlar hajmi 2,1 barobarga oshib, aholi jon boshiga 3,8 mln. so‘mdan 7,5 mln. so‘mga yetkaziladi.

Kun tartibining keyingi masalasi bo‘yicha Samarqand viloyatida   maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati hamda xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi to‘g‘risida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Mamirovning axboroti eshitildi.

Bugungi kunda viloyatda jami 3 480 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.  Shundan, 705 tasi  davlat, 65 ta xususiy va 117 ta davlat-xususiy sheriklik asosida hamda 2 593 ta oilaviy shakldagi bog‘chalarni tashkil etilganligi aytib o‘tildi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi va eshituv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+