Deputat ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi

23.03.2018, 19:33

Deputat ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi

Mehr-oqibat, hayr-sahovat, ijtimoiy hamkorlik kabi tushunchalar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi tinch, dorulomon, to‘kin-sochinlik kunlarga shukrona aytib, sahovatli xalqimiz ko‘makka muhtoj fuqarolardan o‘zlarining beminnat yordamini darig‘ tutmayapdi.

 Shu kunlarda O’zLiDeP deputatlik guruhi vakillari ham “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan o‘z okruglarida bayram tadbirlari tashkil etib, kam ta’minlangan, yordamga muxtoj oilalar holidan xabar olishmoqda.

Ana shunday hayriya tadbirlari Sergeli tumanida ham bo‘lib o‘tdi. “Aziz vatandoshlar, har kuningiz navro‘z bo‘lsin!” ezgu shiori ostida  Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Anvar Maqsudov o‘z okrugidagi aholi xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.

—“Navro‘z” umumxalq bayrami diyorimizda yashayotgan xalqlarning o‘zaro do‘stona munosabatlari, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, insonning tabiat bilan uyg‘un bo‘lib yashashi, uning qalbida bag‘rikenglik va bunyodkorlik, hayr-sahovat kabi oliyjonob tuyg‘ularni o‘zida badiiy ifoda etadi, – deydi “Do‘stlik” mahallasi faoli Maqsuda Ochiliva. —Bu kunda azaldan yordamga muhtoj insonlarga yaqindan ko‘mak berilgan, yashash sharoitlarini yaxshilash uchun hasharlar tashkil etilgan. Deputatimizning bugungi tashrifi ham milliy urf-odatlarimizning bir namunasi bo‘ldi.

Ko‘taringki ruhda o‘tkazilgan muloqotlar davomida bayram munosabati bilan 15 nafar kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram sovg‘alari ulashildi.

Rahim Nurqulov,

O’zLiDeP Sergeli tuman Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1428
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+