O‘zLiDeP faoli qashqadaryolik Mavjuda Djumayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

24.03.2018, 18:57

O‘zLiDeP faoli qashqadaryolik Mavjuda Djumayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandilar.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Qashqalaryo viloyati Koson tumanidagi “Ko‘zmunchog‘im” nodavlat maktabgacha talim muassasasi mudirasi, O‘zLiDeP azosi Djumayeva Mavjuda ham “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

— Davlatimiz rahbarining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha ayollarimizning qalblaridagi yurtga daxldorlik, ona Vatanga muhabbat, xalq farovonligi uchun qayg‘urish singari ezgu tuyg‘ularni yanada to‘lqinlantirib yubordi, - deydi “Do‘stlik” ordeni sohibasi Mavjuda Djumayeva. — Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘z qobiliyatimizni namoyish etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga xususiy sektorning jalb etilgani, ta’lim sifatini yaxshilash, farzandlarimiz kamolotiga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Bu esa oldimizga qo‘ygan ulkan rejalarni yanada faollik bilan, ishonch bilan ado etishga zamin bo‘lmoqda. Zero, kelajakka ishonch bilan qo‘yilgan har bir qadam albatta o‘z samarasini beradi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati Kengashi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+