Poytaxtning 45 nafar ishsiz xotin-qizlari tadbirkorlikka o‘rgatilyapti

02.11.2022, 15:15

Poytaxtning 45 nafar ishsiz xotin-qizlari tadbirkorlikka o‘rgatilyapti

Xotin-qizlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha bepul o‘quv amaliy kurslarini tashkil etish, ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka, xususan oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyatiga keng jalb etish orqali oilaviy biznesni rivojlantirish va o‘zini-o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Poytaxtning “O’rikzor” MFYda tashkil qilingan o‘quvda mahalladagi temir daftarda ro‘yxatda turgan ayollar taklif qilindi, bugungi kunda ko‘plab ishsiz ayollarimizga o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, ularni band qilishga qaratilgan mahorat darslari o‘tkazildi.

O’quv jarayonida tajribali tadbirkorlar tomonidan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratilishi, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadini oshirib oilaviy sharoitlarini yaxshilash xususida ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlar va Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash markazi Toshkent shahar filiali tomonidan ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan ayollarning bir nechtasiga tikuv mashinasi va boshqa turli texnika vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 

Mahorat darslari haftada 3 marotaba o‘tkaziladi  va hozirgi kunga kelib 45 nafar xotin-qizlar qamrab olindi.

  • Ko'rildi
    338
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+