Konstitutsiyaviy islohotlarda ayollarning o‘rni
03.11.2022, 16:50
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Sevara Muslimova, partiya Toshkent viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Diyora Boltayevalar yuqoridagi maqsadni amalga oshirish niyatida Nurafshon shahridagi "TEXTILE MILL TASHKENT" O’zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasida bo‘lishdi.
270 dan ortiq xotin-qizlar mehnat qilayotgan qo‘shma korxonaning “To‘quv”, “Tikuv-bichuv”, “Qadoqlash” kabi sexlarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda bugun yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasi o‘laroq, hamma birdek faollashib, o‘z fikrini, qarashlarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘layotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, joriy yilning may oyida Oliy Majlis palatalari Kengashlari qo‘shma majlisida tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiya bu imkoniyatlarning eshigini yanada kengroq ochib bergani alohida qayd etildi.
Konstitutsion islohotlar jarayonida xotin-qizlarning tashabbus, g‘oyalari, fikr va takliflarini olish maqsadida tashrif buyurgan deputat Dilbar Usmanova bu yerda ishchi ayollar bilan bo‘lgan suhbatda ularning jamiyat va davlat hayotida tutgan o‘rni borasida to‘xtalarkan, bugungi muhim pallada ham uyushqoqlik, faollik, daxldorlik bilan ishtirok etishga undadi.
Shuningdek, bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etishining zaruriy huquqiy kafolatlari yaratib berilayotgani borasida fikr yuritdi. Xususan, Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasida xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlashda ulardan kelib tushadigan takliflar alohida inobatga olinib, asosiy qonunimizni takomillashtirish ishida muhim ahamiyat kasb etishini uqtirdi.
Bundan tashqari, konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faollik ko‘rsatish, bunda yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yondashish yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning insoniy burchi ekanini qayd etdi.
Uchrashuvlar yakunida ishchi-xodimlarning fikr-mulohaza, takliflari tinglanib, qizg‘in muhokama qilindi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring