“Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlar faollik ko‘rsatmoqda
08.11.2022, 15:03
O’zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu bilan joylardagi yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar belgilangan.
Xorazm viloyatida ham ushbu loyiha asosidagi amaliy ishlar jadal boshlab yuborildi. Mazkur loyihalarda partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari tashabbus ko‘rsatishmoqda.
Hazorasp tumanida ham bu borada ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlari va partiya faollari "Ming otliqlar" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 100 tubdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekdilar.
Ko‘chat ekish jarayonida hududning tuproq va iqlim sharoitiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kelgusida tomchilatib sug‘orish orqali ko‘chatlarni parvarishlashni hisobga olgan holda me’yordan ortiqcha suv talab qilmaydigan daraxt turlari tanlab olindi.
Ozoda Qalandarova,
O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring